Private company

Sharq

Sharq is a publishing house in Uzbekistan founded in 1991.1 It is headquartered in Tashkent.1

Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi – gazeta-jurnallar, bosma nashrlar chop etish kompleksi. Toshkent shahrida joylashgan. Respublikaning markaziy gazeta va jurnallarini, qattiq va yumshoq muqovadagi kitoblar, broshyuralar, yorliqlar, fotoalbomlar, tasviriy sanʼat mahsulotlari va boshqalar bosma mahsulotlar chiqaradi. Uning tarixi 1921-yilda tashkil topgan bosmaxona va 1924-yilda tashkil etilgan „Sredazkniga“ nashriyotidan boshlanadi. 1924-yildan „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasining bosh idorasi. 1947-yilda bosmaxona bilan birlashtirilib „Qizil Oʻzbekiston“, „Pravda Vostoka“ va „Oʻzbekistoni Surx“ gazetalari birlashgan nashriyoti. 1991-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ishlar boshqarmasi huzuridagi „Sharq“ nashriyot-matbaa konserniga aylantirildi. 2002-yil oktyabrdan hozirgi nomda. Kompaniyada 1991-yil 9 sentyabrda Bosh tahririyat tashkil etildi. Bosh tahririyat tomonidan „Amir Temur jahon tarixida“, Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“, Sharafuddin Ali Yazdiyning „Zafarnoma“, Hofiz Tanish Buxoriyning „Abdullanoma“ kabi nodir kitoblari, „XXI asr oʻzbek romani“ ruknida oʻzbek adiblarining romanlari, saylanmalari, tanlangan asarlari nashrdan chiqarildi.2 From the uz Wikipedia, CC BY-SA 4.0

Last updated Oct 21, 2026.

Overview

1991Founded1
  • HeadquartersTashkent, Uzbekistan1

Acquisitions

  1. Succeeded Oʻqituvchi1

Timeline

  1. 1991Founded Founded1

Sources

The numbers on this page point here. Each one links to the record it came from.

  1. 1
  2. 2